2024-yilda "Yoshlar daftari" orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari 30 taga yetkazildi
2024-yilda "Yoshlar daftari" orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari 30 taga yetkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yanvar-mart oylarida 9 452 ta mahallada 8,3 million nafar “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularning qiziqishi, qobiliyati va takliflarini amalga oshirishga qaratilgan “Yoshlar ombor kitobi” ishlab chiqildi.
Joriy yilda yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 8563 nafar yoshga 34,1 mlrd so‘mlik ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatildi.
“Yoshlar balansi” asosida joriy yilda 814 ming nafar yoshlar bandligini taʼminlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish uchun har bir mahalla kesimida “fuqarobay” “Yoshlar bandligi dasturlari” ishlab chiqildi.
Joriy yil boshidan xorijiy til, zamonaviy kasb va Aytiga o‘qitish maqsadida hududlardagi 100 ta xususiy o‘quv markazlari orqali 1 500 nafar yoshlarning o‘qish xarajatlarini qoplash uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.