Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish 68 baravarga, elektromobillarniki esa 15 barobarga qimmatlashi rostmi?
O‘zbekistonda 1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar 68 baravar (34 ming so‘mdan 2,32 mln so‘mgacha), elektromobillar uchun esa 15 baravarga oshadi. Ichki ishlar vazirligining bu bo‘yicha buyrug‘i to‘lovlar miqdori oshishidan bir kun oldin qabul qilindi.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning 31-martdagi buyrug‘i bilan avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini (yarim tirkamalarini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov stavkalari oshirilishi tasdiqlandi.
IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati 30-mart kuni “Elektromobil haydash endi yanada foydali bo‘ladi” sarlavhasi ostida stavkalar o‘zgarishi haqida xabar berdi, biroq o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatib o‘tmadi.