Yer nazorati tadbirlarida davom etmoqda

Yer nazorati tadbirlarida davom etmoqda
Xabaringiz bor Kadastr agentligi tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tarzda yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.
Ushbu tadbirlar davomida dronlar orqaliy yer nazorat ishlarini olib borib, Oʻzbekkosmos agentligi tamonidan berilgan kosmik fototasvirlarni taqqoslash orqali yerqonun buzilish holatlari aniqlanmoqda.
Yer nazorat qilivchi inspektorlar tamonidan aniqlangan holatlar joylarga chiqib planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot platformasiga kiritiladi va toʻplangan hujjatlar tegishli boʻlimlarga beriladi.
Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan  yer nazorat ishlari olib borilib, tumanlardagi oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish ishlari olib borilmoqda. 
Dolzarb yer nazorat tadbirlari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 1031 ta yer qonun buzilish holatlari 740 gektar aniqlangan bo‘lsa, shundan 130 ta holatda 11 gektar yer davlat ro‘yxatidan o‘tmagani aniqlandi.
Aniqlangan yer qonun buzilish holatlaridan 181 ta holat 15 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf qilingan.
Bugungi kunda inspektorlarimiz tamonidan oʻzboshimchalik bilan yer egallash, huquqiy hujjatlarsiz imorat qurish va koʻchmas mulikga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha nazorat ishlarini davom etdirmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-