Toshkent shahrida Yer qonunbuzilish holatlari dronlar yordamida aniqlanmoqda

Toshkent shahrida Yer qonunbuzilish holatlari dronlar yordamida aniqlanmoqda
Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olib, noqonuniy qurilish qilingan holatlar aniqlanmoqda.
 Jumladan, Bektemir tumanining “Sohil” hamda “Zabardast” MFY hududida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida yer qonunbuzilish holatlari dronlar yordamida aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berildi. 
 Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-