Malibu ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?

Malibu ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?
General Motors kompaniyasi joriy yilning kuzidan boshlab benzinda harakatlanadigan Chevrolet Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishini e’lon qildi.
Ayni paytda ushbu avtomobil ishlab chiqarilayotgan Fairfax zavodi yangi avlod Bolt elektr xetchbeklari uchun ixtisoslashtiriladi. Bundan tashqari, xuddi shu zavod qisqa tanaffusdan keyin Cadillac XT4 krossoverini yig‘ishni yana davom ettiradi. Bolt’dan farqli o‘laroq, XT4 an’anaviy benzinli dvigatellar qatorini saqlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekistonda ham Chevrolet Malibu avtomobilini yig‘ish boshlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-