UzAuto Motors shartnoma berishni yana 1 kunda to‘xtatdi
UzAuto Motors shartnoma berishni yana 1 kunda to‘xtatdi
18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilgan edi.Shundan so‘ng ko‘rishlar soni ko‘paygani sababli kompaniyaning rasmiy saytida uzilishlar kuzatila boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur eʼlondan so‘ng avtosalonlarda navbatlar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi.
“O‘zAvtosanoat” matbuot kotibi Zumrad Shojalilovaning maʼlum qilishicha, hozirda Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi, 18-sentabr kuni ushbu modellardagi avtomobillarga jami 28 mingdan ziyod shartnoma tuzilgan.