Toshkentda avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopildi
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati shaharda gaz bosimi pasayib ketishi yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, havo harorati keskin pasayishi sababli, shaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmovchiligi kelib chiqyapti.
«Iloji boricha ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shohobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shohobchalari vaqtinchalik yopilmoqda», — deyiladi bayonotda.