Nukusda ko‘zi ojizlar kutubxonasida hisobotga qo‘shib yozib, 530 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Nukusda ko‘zi ojizlar kutubxonasida hisobotga qo‘shib yozib, 530 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘istonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar ahvoli o‘rganilgan.
Xususan, Nukus shahrida joylashgan ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi ma’muriy binosini yangidan qurish va jihozlash bo‘yicha amalga oshirilgan qiymati 10,4 milliard so‘mlik pudrat ishlari o‘rganilib, jami 530,4 million so‘mlik ishlar haqiqatda bajarilmagan bo‘lsa-da, hisobotlarga qo‘shib yozish yo‘li bilan byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Kutubxonani jihozlash maqsadida ajratilgan 2 ta brayl printeri uchun 90 million so‘m va 1 ta ovoz yozish studiyasi uchun 50 million so‘m mablag‘ ham o‘zlashtirib yuborilgani oqibatida ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni qoraqalpoq tilida zarur adabiyot va audio materiallar bilan ta’minlash imkoni cheklangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilib, yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-