Qashqadaryoda Kadastr bo'limi xodimlariga qo'pol munosabatda bo'lgan shaxs 10 sutkaga qamaldi
G'uzor tumanida Kadastr agentligi tuman bo'limi inspektorlariga nisbatan qo'pol muomilada bo'lib, ularning faoliyatiga to'sqinlik qilgan shaxsga chora ko'rildi.
2024-yilning aprel oyida Kadastr bo'limiga "Xumdon" MFY hududidagi ko'cha noqonuniy yopib olinayotgani yuzasidan murojaat kelib tushadi. Murojaat belgilangan tartibda o'rganiladi va huquqbuzarga nisbatan vakolat doirasida chora ko'riladi.
Shundan so'ng Kadastr inspektori murojaatchi bilan suhbat olib borayotgan vaqtida, yerga oid huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs xodimlarning xizmat xonasiga kirib kelib, baland ovozda baqir-chaqir qilib Kadastr inspektorlarining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilgan.
Holat yuzasidan to'plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo'yicha G'uzor tumani sudida ko'rib chiqildi.
E.B.ga O'zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.