Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Sugʻurta qildiruvchi subsidiya olish maqsadida “Agroplatforma” ATda roʻyxatdan oʻtadi va quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

▪️sugʻurta shartnomasi;
▪️sugʻurta polisi;
▪️sugʻurta shartnomasida qayd etilgan sugʻurta mukofotining toʻliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov topshiriqnomasi va hisob-faktura.
Sugʻurta qilish nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchining qishloq xoʻjaligi ekinlari “CropAgro” ATga elektron joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi 3 ish kuni ichida subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosani tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

— sugʻurta qildiruvchining oʻz arizasiga asosan;
— belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
— sugʻurta qildiruvchi tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
— qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.
Sugʻurta qildiruvchiga subsidiya ajratishni boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-