Har bir qarich yerning hisobi bor

Har bir qarich yerning hisobi bor
Bugungi kunda yerni avaylab asrash bizning va kelajak avlodning vazifasi hisoblanadi. 
Bu yo‘lda Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va bo‘lim inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirida dronlar va boshqa texnikalar yordamida 2024- yil boshidan shu kunga qadar 1449 holatda 201.5 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan noqonuniy egallab olingani aniqlandi. 
Shundan, fuqarolar tomonidan ixtiyoriy 840 holat ya’ni 122,8 gektar yer maydon oldinga holatiga qaytarildi, 282 ta holat bo‘yicha sud organlariga davo arizalar kiritildi va 25 ta holat 4,4 gektar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi. 
Shunga qaramasdan ayrim fuqarolar tamonidan bo‘sh yer maydonlariga noqonuniy qurilish qursam vaqt o‘tishi bilan hujjatlashirib olaman degan maqsadda o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilgan holatlari aniqlanmoqda. 
Bunday maqsaddagi fuqarolarimizga noqonuniy qurilishlar qurmasligini so‘rab qolamiz, sababi davlatimizning har bir qarich yeri qonun va uni himoya qilivchi tashkilotlar tamonidan himoya qilinadi.  
Agarda o‘zboshimchalik bilan belgilangan vaqtdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday binolar belgilangan tartibda vayron qilinadi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-modda 3-qismiga asos o‘zboshimchalik bilan qurilish qurgan jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallamaslikga va qurilish ishlarini olib bormasliklarni so‘rab qolamiz. 
 

Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i    Tleuov Isatay

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-