Kirish imtihonida qatnashishda kimlar toʻlov qilmaydi?
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, o‘rta ta'limni tugatganiga kamida 1yil boʻlgan abituriyentlardan OTMga kirish imtihonlarida qatnashish uchun BHMning yarim baravari (170 ming soʻm) miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.
Kirish imtihonlarida qatnashishda quyidagi shaxslar to‘lov qilmaslik imtiyoziga ega:
- o‘qishni shu yili tugatgan bitiruvchilar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
- "ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro'yxatdan o‘tgan shaxslar va ularning farzandlari;
- "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turuvchi yoshlar.