Olis hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati Zarafshon shahridagi “Yangi Zarafshon” OSHP misolida

Olis hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati Zarafshon shahridagi  “Yangi Zarafshon” OSHP misolida
Navoiy viloyati birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarda tibbiy xizmatlar turlari kun sayin koʻpayib, aholiga koʻrsatilayotgan  xizmatlar koʻlami ham oshib bormoqda. Muassasalar qiyofasi esa kundan kunga chiroy ochmoqda.  6889 nafar  fuqaroga xizmat koʻrsatib kelayotgan Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli “Yangi Zarafshon” oilaviy shifokorlik punkti  shahar markazidan 6 kilometr uzoqlikda joylashgan.  Mazkur  muassasada sohadagi turli ovorgarchilik va qog‘ozbozliklarga chek qo‘yish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida  “Elektron poliklinika” axborot tizimi  amaliyotga tatbiq etilgan.
Aholiga tezkor, sifatli birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan elektro kardiogramma, zamonaviy laboratoriya xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. 
Fuqarolarning tibbiy holatidan kelib chiqib bepul beriladigan dori - darmonlarning barchasi oilaviy shifokorlik punktida mavjud ekanligi va bemorlarga oʻz vaqtida berib borilayotganiga guvoh boʻldik.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-