OTMlarga hujjat topshirish endi 5-iyundan boshlanadi

OTMlarga hujjat topshirish endi 5-iyundan boshlanadi
Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, 2024/2025- oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilansin. Bunda:

- abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
 Davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
➖ birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi;
oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi;
➖ ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-