Ayrim abituriyentlar universitetga kirish imtihonlaridan ozod qilinadi

Ayrim abituriyentlar universitetga kirish imtihonlaridan ozod qilinadi
Hukumatning “Umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihonida kamida 65 ball olgan abituriyentlar kirish imtihonlarida maksimal ball oladi.
Unga koʻra, Endi test natijalari xalqaro metodologiya - “Rash” modeli boʻyicha hisoblab chiqiladi. Unga koʼra A+, A, B+, B, C+ va C darajali sertifikatlar beriladi:
• 70 balldan yuqori balla uchun A+ darajasi;
• 65-69,9 ball uchun A darajasi;
• 60-64,9 ball uchun B+ darajasi;
• 55-59,9 ball uchun B darajasi;
• 50-54,9 ball uchunC+ darajasi;
• 46-49,9 ball uchun S darajasi.
Bunda A+ va A darajasidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar universitet bakalavriatiga oʻqishga kirishda tegishli fan boʻyicha test sinovlari boʻyicha maksimal ball oladi.
Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega boʻlgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

Sertifikat 3-yil muddatga beriladi. Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar my.gov.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Ishtirok etish toʻlovi oʻzgarishsiz qoldi — 1,5 BHM.

Комментарии (1)

Alisher
0
Alisher
[spoiler][/spoiler]telfon
Ответить
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-