Intizom va halol xizmat – oliy maqsad

Intizom va halol xizmat – oliy maqsad
Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish muhim hisoblanadi.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi davra suhbati Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida tashkil qilindi.Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga korrupsiya illati, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirilib, ta’magirlik, tanish-bilishchilik, tizimda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada yutuqlarga yetaklovchi jihatlar ekanligi qayd etildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-