Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi

Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi
Hukumat Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
 60 foiz va undan yuqori boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
— hisobot davrida soliq boʻyicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga toʻliq toʻlanganda;
— hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam boʻlmaganda;
— hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-