Sirdaryoda sholidan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborganlarga chora ko‘rildi

Sirdaryoda sholidan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborganlarga chora ko‘rildi
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi tomonidan sholidan boʻshagan yer maydonlarini yoqib  yuborish holatlari yuzasidan doimiy nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘z navbatida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha qonunga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan tegishli choralar koʻrilmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida Sirdaryo tumani Sholikor SIU hududida sholidan boʻshagan yerlarni yoqib yuborgan 23 ta fermer xoʻjaligiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularga 25 mln 875 ming soʻm jarima tayinlandi. 
Huquqbuzarlarga tabiatga yetkazilgan zarar (19 million 190 ming soʻm) va jarima — jami 45 million 65 ming so‘m tovon to‘lash belgilandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-