Gʻijduvonda qizamiq profilaktikasi va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan muhim seminar o‘tkazildi

Gʻijduvonda qizamiq profilaktikasi va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan muhim seminar o‘tkazildi
 Gʻijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mas’ul xodimlari, yuqumli kasalliklar shifokorlari, tumandagi barcha oilaviy poliklinika mudirlari, katta hamshiralar hamda patronaj hamshiralari ishtirokida muhim o‘quv-seminari tashkil etildi.Mazkur tadbirda Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘limi rahbari hamda Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionist shifokorlari ishtirok etib, qizamiq kasalligi, uning tarqalish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari xususida batafsil ma’lumot berishdi.Seminar davomida qizamiqning klinik belgilari, asoratlari va ayniqsa, emlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida vaksinatsiya qilish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xonadonma-xonadon yurib targ‘ibot ishlarini olib borish hamda patronaj xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, profilaktika ishlarini kuchaytirish, kasallikning erta aniqlanishi va uning oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani ta’kidlandi.  Tadbir doirasida ishtirokchilarga qizamiq kasalligi va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha axborot materiallari hamda targ‘ibot bukletlari tarqatildi. Bu bukletlar orqali aholi o‘rtasida kasallikning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va emlashning ahamiyatini keng tushuntirish maqsad qilingan
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va asosli javoblar olishdi. Bunday amaliy seminarlar tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gʻijduvon tumanida sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish borasida bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-