Navoiy viloyati aholisi uchun yana bir ajoyib yangilik
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli Qaror imzolandi.
Xo‘sh unga ko‘ra navoiyliklarni qanday yangiliklar kutmoqda?
Qarorda viloyatni rivojlantirish, tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, investisiyalarni jalb etish, aholi daromadlarini oshirish va turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilangan.
Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i, “Yoshlik” ko‘li va ular atrofida eskirgan va samarali foydalanmay kelayotgan ob’yektlar joylashgan hududni yagona majmua sifatida rekonstruksiya qilish orqali ko‘ngilochar istirohat bog‘i, bir kirishda 1,5 ming aholiga mo‘ljallangan 8 ming kvadrat metrlik tabiiy plyaj, zamonaviy yoshlar va kattalar uchun akvapark, 300 dan oshiq xizmat va servis ob’yektlari tashkil etilib, 2000 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi, byudjetga yillik o‘rtacha 40,5 mlrd so‘m tushum bo‘ladi.
⏺Navoiyliklarning olis manzillarini yaqinlashtirish maqsadida bir nechta yangi avtomobil yo‘llari yotqiziladi.
⏺Viloyatning tuman va shaharlari milliylik bilan uyg‘unlashgan zamonaviy qiyofaga keltiriladi. Bu jarayon 2300 yillik tarixga ega bo‘lgan qadim Karmanadan boshlanishi ko‘zda tutilgan.
⏺Shuningdek, bu o‘zgarishlar chekka hududlarda ham o‘z aksini topadi. “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan 8 ta qishloq tumanidan tanlab olingan 16 ta mahallada shahar muhiti va qulay yashash sharoiti yaratiladi.
⏺Bu kabi yangiliklar juda ko‘p. Qarorni o‘qib ko‘ring, sizga, mahallangizga, oilangizga tegishli yangiliklardan boxabar bo‘lasiz.