G‘IJDUVON TUMANIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

G‘IJDUVON TUMANIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
G‘ijduvon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limida Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda oilaviy poliklinika mudirlari, patronaj hamshiralar hamda tibbiyot mutaxassislari faol ishtirok etdi.
 Seminar davomida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri tanlash hamda stressni yengish usullari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Taqdimot va jonli muloqotlar orqali bilimlar mustahkamlandi. Olingan bilimlar amaliyotga tatbiq etilib, Pozagari MFYda aholi bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati keng tushuntirildi, ishtirokchilarga eslatma va bukletlar tarqatildi hamda savollarga batafsil javoblar berildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-