Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun

Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun
Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biri birlamchi tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirishdan iborat etib belgilangan.Ayni mana shu ustuvor vazifalar samarasi o‘laroq bugun eng chekka hududlarda ham aholi sonidan kelib chiqqan holda oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punkti hamda mahalla tibbiyot punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 14- oilaviy poliklinika ham so‘zimizga misol bo‘ladi.
Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidan 15 km uzoqlikda joylashgan tibbiyot muassasasida elektro kardiogramma,  laboratoriya, ultratovush tekshiruvi,  stomatolog, akusherginekolog,  umumiy amaliyot shifokori xonalari zamon talablariga mos ravishda jihozlangan.Bir so‘z bilan aytganda, tibbiyot muassasasining  moddiy-texnika bazasi  yaxshilanib, zamonaviy tibbiy uskunalar va dori vositalari  bilan to‘liq ta’minlangan.Shu bilan bir qatorda oilaviy poliknikada sohadagi turli ovorgarchilik va qog‘ozbozliklarga chek qo‘yish maqsadida  “Elektron poliklinika” axborot tizimi ham amaliyotga tatbiq etilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-