Yurtimizda og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash xarajatlarini qoplashga yordam beruvchi jamg‘arma tashkil etildi
Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Jamg‘arma mablag‘lari qat’iy ravishda quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va vazirlik tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
tibbiy asbob-uskunalar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari, dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirishga;
sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va vazirlik tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, o‘qitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga;
onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalarini kapital va joriy ta’mirlash, qurish va rekonstruksiya qilish, ularga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini xarid qilishga;
onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis va davolash-profilaktika xizmatlari uchun xarajatlarini qoplashga.
Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromad va xarajatlar smetasi jamg‘arma direksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tashxis qo‘yiladigan va davolanadigan onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Joriy moliya yilida foydalanilmagan mablag‘lar keyingi yilga o‘tkaziladi.
Hujjat 2024-yil 11-martdan kuchga kirdi.