Harbiy qismga tashrif — yoshlar uchun muhim saboq
Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyi” tadbirlari doirasida Navoiy shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari Navoiy shahrida joylashgan 7532-harbiy qismga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif maktabning CHQBT fani rahbari, zaxiradagi podpolkovnik A. Taxirov boshchiligida tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilarga harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda Vatan himoyachilariga qo‘yiladigan talablar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun harbiy qism hududi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etilib, harbiy xizmatchilar tomonidan kundalik faoliyatda foydalaniladigan maxsus avtotransport vositalari va texnikalar yaqindan namoyish etildi.
Uchrashuv davomida otryad a’zolari tomonidan berilgan savollarga harbiy xizmatchilar tomonidan batafsil va tushunarli javoblar berildi.
Tadbir o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning Vatanga sadoqat va harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning Vatanga sadoqat va harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.Mazkur tashrif yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.