Buxorolik bir qator o‘quvchilarning soliq sohasidagi bilim va faolligi yuqori baholandi
Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Soliq bilimlari – yosh avlodga” ko‘rik-tanlovining quyi bosqichlarida Buxoro viloyatining 500 dan ortiq umumta’lim maktabining 2 000 nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. Uning respublika bosqichida ham 3 nafar ishtirokchimiz faol qatnashdilar.
Bugun viloyat soliq boshqarmasida boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirokida ushbu yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning soliq sohasidagi bilim va faolligi yuqori baholandi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini rivojlantirishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mazkur tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bugun viloyat soliq boshqarmasida boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirokida ushbu yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning soliq sohasidagi bilim va faolligi yuqori baholandi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini rivojlantirishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi.Tadbir yakunida mazkur tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.