Toshkentda yashil hududlarni zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi
Bugungi kunda poytaxtimiz hududi 35 ming gektardan ortiq maydonni tashkil etsa, shundan qariyb 7 ming gektari yashil hududlardan iborat. Bu maydonlarda 220 turdagi daraxt va 30 xil butani uchratish mumkin. Mutaxassislar tomonidan ularni mavsum davomida turli zararkunandalardan asrash, quriganlarini yo‘q qilish hamda yangi ekzotik o‘simlik turlarini ko‘paytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Xususan, zararli begona organizmlar tarqalishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida O‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent shahrining fitosanitar tozaligini ta’minlash, shahar hududida tabiiy biofonni yaratish, biologik kurash tizimini keng joriy etish hamda parvarish qilinayotgan manzarali va mevali daraxtlarni turli kasalliklardan asrash borasida Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bahor fasli kirib kelishi bilan tabiat uyg‘onadi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan turli zararli organizmlar ham qishki uyqudan uyg‘ona boshlaydi. Ularning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida mutaxassislar tomonidan bahorgi kuzatuv-nazorat hamda yer kovlash ishlari olib borilmoqda.
Jarayon davomida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning tarqalishi, o‘simliklarning zararlanish darajasi, ob-havo hamda tuproq-iqlim sharoitlari, shuningdek ekin navlari o‘rganilib, zararli organizmlarning rivojlanishini oldindan prognozlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Albatta, bu jarayonda boshqarma qoshidagi bashorat qilish bo‘limi va laboratoriya xodimlarining ham o‘rni alohida. Mutaxassislar belgilangan tartibda tuproqdan namunalar olib, maxsus asbob-uskunalar yordamida unda zararli organizmlar mavjud yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Ta’kidlanishicha, olib borilayotgan amaliy ishlarning asosiy maqsadi tuproqda yashirin holda yashaydigan zararkunanda turlarini aniqlash va ularning ko‘payib ketishining oldini olishdan iborat. Bu borada maxsus ishchi guruh shakllantirilgan bo‘lib, unda boshqarmaning ko‘chma laboratoriyasi jalb etilmoqda hamda inspektorlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari muntazam olib borilmoqda.
Xususan, zararli begona organizmlar tarqalishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida O‘simliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent shahrining fitosanitar tozaligini ta’minlash, shahar hududida tabiiy biofonni yaratish, biologik kurash tizimini keng joriy etish hamda parvarish qilinayotgan manzarali va mevali daraxtlarni turli kasalliklardan asrash borasida Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bahor fasli kirib kelishi bilan tabiat uyg‘onadi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi ekinlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan turli zararli organizmlar ham qishki uyqudan uyg‘ona boshlaydi. Ularning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida mutaxassislar tomonidan bahorgi kuzatuv-nazorat hamda yer kovlash ishlari olib borilmoqda.