G‘ijduvonda ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan G‘ijduvon tumanida katta bayramona tadbir o‘tkazildi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tumani kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tantanada qariyb 150 nafar fidoyi pedagoglar taqdirlandi.

Tadbirda G‘ijduvon tuman hokimi Sherzod Ashurov ham ishtirok etib, ta’lim fidoyilarining mashaqqatli mehnatini yuksak qadrladi.
Har bir o‘qituvchi va murabbiyga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi ehtirom va e’tibor maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari hamda aziz ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmatning ifodasi bo‘lib, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.