Kasaba uyushmasi Gʻijduvon tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan sovg‘alar topshirildi
Joriy yilning 8- avgust kuni Gʻijduvon tuman 60- umumiy o‘rta ta’lim maktabning yig‘ilishlar zalida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori asosida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligi” bayrami munosabati bilan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Gʻijduvon tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan “Atrof - muhitni asrash va Yashil" iqtisodiyot yili” davlat dasturi asosida tadbir tashkil etildi. Unda bolajonlar ijrosida kuy qo‘shiqlar yangradi, turli xildagi raqslar namoyish etilib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashildi.
Tadbir so‘ngida kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi raisi Xomidov Yunus , Tuman MMTB boshlig‘i Jumayeva Hidoyat tomonidan , 145 nafar kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan kasaba uyushma a’zolari va ularning farzandlariga sovg‘alar topshirildi.
Maktab sumkasi va 10 turdagi o‘quv qurollarini qabul qilib olgan bolajonlar ko‘zlarida olam - olam quvonch porladi.

