QUROQCHI HUNARMAND AYOL

QUROQCHI HUNARMAND AYOL
O‘zbek xalqi azal-azaldan o‘zining mehr-muruvvati, barchaga ezgulik, yaxshilik ulashish kabi fazilatlari bilan nom qozongan.
Gavhar Nazarova milliy quroqchilik hunari sirlarini puxta egallagan vobkentlik ayollarimizdan biri. U Vobkent tuman "Rozmoz" mahallasida istiqomat qiladi. Gavhar Nazarova tikuvchilik sir-asrorlarini mukammal o‘rganib, o‘z xonadonida bir necha yillardan buyon 17-sonli maktabda yoshlarga hunar o‘rgatib kelmoqda. Bu chevar ayolga  bugun hammaning havasi keladi. Gavhar ora  milliy quroqchilik namunalari asosida tikkan quroq bolish, yengcha, to‘shakchalar, choynak yopqich, chimildiq, bolishlar, beshik to‘shaklar va g‘iloflari, quroq ko‘ylak, esdalik sovg‘alari kabi o‘ndan ortiq mahsulotlarini ko‘rib, inson qo‘li moʻjizalar yaratishga qodir ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
Gavhar Nazarova bolalik chog‘larida buvisi  yonida yurib, bu hunarning hadisini olgan. Buvisi 84 yoshga kirguncha quroq to‘shaklari tayyorlab, qishloqda "chevar xola" deb nom olgan. 84 yoshida olamdan o‘tgan. Evarasi bo‘lgan Gavharga buvisining mehri bo‘lakcha edi. "Sen qizgina mening hunarimni egallaysan, shekilli-a", - deb peshonasidan o‘pib qo‘yardi. O‘shanda u olti yoshda edi. Maktabda o‘qiyotgan chog‘ida tikuvchilikka qiziqishi va ishtiyoqini bilgani uchun onasi uni mahallasidagi Gulchehoa aya Ismonovaga shogird qilib berdi. Yillar o‘tib Gavhar ayollar libosini tikadigan chevar qizga aylandi. Atrofida ish o‘rganaman, deydigan yoshlar ko‘paydi.Nargiza o‘tgan yili Buxorodagi "Monomarkazda" o‘quv markazida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qib, ish o‘rganib keldi. Dizaynerlik, erkaklar shimi, elita pardasi tikishni ham yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda Gavhar Nazarova 20 million kredit olib, faoliyatini kengaytirib 2 ta tikuv mashinkasi va xomashyo olib 6 kishini ish bilan ta’minladi. Shogirdlari bilan buyurtmalar asosida mahsulot tayyorlamoqda.

- Uyimizdagi ikkita xonalarni bichish, tikishga mo‘ljallab, moslashtirb olganmiz, - deydi Gavhar Nazarova. - Dastlab 1-2 ta tikuv mashinasi bilan ish boshlagan bo‘lsam, ayni paytda  daromadlarimiz evaziga tikuv mashinalarimizni  yana ko‘paytirmoqchimiz.
Tinib-tinchimas bu hunarmand ayolning tikkan ko‘ylaklaridan ortgan materiallardan tayyorlangan sun’iy gullarni ko‘rib ham havasingiz keladi. Gavhar opa mana bir necha yillardan buyon tuman va viloyat miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazma va tanlovlarda o‘z mahsulotlari bilan faol qatnashib kelmoqda. Ayniqsa, o‘tgan yil "Eng yaxshi hunarmand" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
Bir qishloq ayolining intilishlari, bir hunarning orqasidan erishgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, izlanganga imkoniyat keng ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Shuhrat Sharopov 
Vobkent tuman hokimligi axborot xizmati rahbari 

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-