Vobkent tumanida "Bo‘yinbog‘siz kun" loyihasi doirasida Press-tur tashkil etildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi hamda Vobkent tuman hokimligi axborot xizmati hamkorligida 9-aprel kuni Vobkent tuman "Bo‘yinbog‘siz kun" loyihasi doirasida tuman hokimi Akmal Ostonov boshchiligida tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlar, qolaversa xotin-qizlar bandligini ta’minlash, fuqarolar muammolarini hal etish hamda tomorqachilik ishlari bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan edi.
Bugun Vobkent tuman hokimligi binosida jurnalist va blogerlar hamda OAV vakillari ishtirokidagi press-turga start berildi. Dastavval tuman hokimi Akmal Ostonov tashrif buyurgan OAV vakillariga tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Press-turning birinchi manzili Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi hududida yangidan qad rostlayotgan Vobkent tumanlararo OITS laboratoriyasi bo‘ldi.
Ushbu labaratoriya “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ hisobidan qurilayotgani va Vobkent, Shofirkon hamda Peshku tumanlarining OITS ga tekshiruv tahlillarini amalga oshirishi aytib o‘tildi.
Ikkinchi manzil tumandagi “Shifokor” MFY bo‘ldi. Hududdagi tomorqa yerlarni sug‘orish maqsadida tashkil etilgan suv nasoslarining bugungi kundagi holati va aholiga to‘xtovsiz xizmat qilayotganligi eʼtirof etildi.
Press-tur ishtirokchilarining uchinchi manzili bu Vobkent tuman obodonlashtirish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan gul yetishtirilayotgan issiqxona bo‘ldi.
Bu yerda yilning turli mavsumlarida chiroy ochib turadigan, qarib 10 turdagi gullar urug‘i orqali yetishtirilmoqda.
So‘nggi to‘rtinchi manzil tumanning “Rabotoxun” mahallasidagi “Vobtex” MCHJ tikuvchilik sexi bo‘ldi.
Ushbu tikuvchilik sexi ayni kunda 60 ta zamonaviy “Jack” rusumli tikuv mashinasi va matoga bezak beruvchi uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, 60 ga yaqin chevarlarni ish bilan taʼminlagan.
Press-tur ishtirokchilari ushbu sexning faoliyati bilan yaqindan tanishib mutaxassislar bilan suhbatda bo‘lishdi.