Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortilmoqda
Keyingi yillarda respublikamizda yer ajratishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinayotgan bir paytda afsuski, uni talon-toroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallab olish kabi holatlar uchrab turibdi.
Bunga joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi tomonidan 100 ta holatda 0,75 gektar yer maydoni noqonuniy ravishda o‘zlashtirib olingani aniq misol bo‘la oladi.
— Guliston shaxrida fuqarolar tomonidan asosan aholi punktlarida yerlarni talon-taroj qilish ko‘proq kuzatilmoqda, – deydi bo‘lim boshlig‘i Zarif Matmusayev. — 9 ta holatda noturar-joy, 91 ta holatda dala tomorqa va boshqa qonunga zid ravishda boshqa maqsadlarda foydalanib kelingani aniqlanib shundan 83 ta holatda 0,72 gektar yer maydonlarida davlat zahirasiga qaytarilishi taʼminlandi.
Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi tomonidan 128 ta maʼmuriy jazo qo‘llash to‘g‘risida va jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ijrosini tugatish (javobgarlikdan ozod etish) haqida qarorlar qabul qilingan bo‘lib, 73 ta holatda 828 480 000 so‘mlik maʼmuriy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan, yaʼni jarima jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lib shundan jarima jazosi qo‘llanilgan shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda 612 230 000 so‘mlik jarimalar undirilgan. O‘z vaqtida qolgan jarimalarni to‘lamagan shaxslardan majburiy tartibda undirish uchun Majburiy ijro byurosiga tegishli maʼlumotlar yuborilgan.
Hozirda bu kabi o‘zboshimchalik bilan qilingan xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida Guliston shahridagi 24 mahallalarda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda targ‘ibot-tashvig‘ot ishlari olib borilmoqda, shuningdek yo‘l qo‘yilgan kamchililklar o‘rganish va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.