Buxoroda fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida o'zini otib qo'ydi

Buxoroda fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida o'zini otib qo'ydi
Buxoro Davlat universiteti Talabalar turar joyi qozonxonasida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi o‘zini otib qo‘ydi va voqea joyida vafot etdi.
Marhum X.M. mahalliy qurilish tashkilotlaridan birining ishchisi bo‘lgan. 
Holat  joriy yilning 10 yanvar kuni soat 16:20da Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 33 yoshli marhum yotoqxonaga yaqin manzilda turgan o‘z avtomashinasiga o‘tirgan va yonida bo‘lgan pnevmatik qurolni qo‘liga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan. Oqibatda o'zining chap ko‘krak qismi jarohatlangan.
X.M. avtomashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam so‘rab borgan. Birinchi yordam ko‘rsatilgan, biroq qon yo‘qotishi oqibatida u vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-