Aliment qarzi qanday undiriladi?

Aliment qarzi qanday undiriladi?
Aliment qarzi aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli bo‘lmaganda, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘idan, tijorat va tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o‘tkazilgan pul mablag‘idan undiriladi, mulk huquqining o‘tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu mablag‘ yetarli bo‘lmaganda undirish aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning qonun bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.
Undirish aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning hisobvaraqlaridagi pul mablag‘iga va uning boshqa mol-mulkiga qonunchilikda belgilangan tartibda qaratiladi.
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o‘tgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o‘tgan uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun undiriladi.
Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo‘yicha aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo‘lsa, alimentlar yuqorida ko‘rsatilgan uch yillik muddatdan qat’i nazar, o‘tgan barcha vaqt uchun undiriladi.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 139-modda
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-