Hech qayerda ishlamaydigan shaxs bir nafar bolaga qancha miqdorda aliment to'laydi?

Oila Kodeksining 99-moddasiga muvofiq, agar voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bolauchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ya'ni shaxs hech qayerda ishlamasa, bir nafar bola uchun o‘rtacha oylik ish haqining 4 dan 1 qismi ya’ni 777 964.32 so‘m aliment to‘lashi kerak.