Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Kadastr agentligi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga Kadastr agentligi munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan Kadastr agentligining bazasi bir oydan beri ishlamayapti xabariga agentligik rasmiylari munosabat bildirdi
Unga ko'ra, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Kadastr agentligi tomonidan barcha eski tizimlardagi ko‘chmas mulklarga oid ma’lumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari 7 dekabrda boshlangan va 19 dekabrda yakuniga yetkazilgan.
Migratsiya jarayon faqat bir marta dasturga ma’lumotlarni ko‘chirishda vaqt oldi.
Hozirda barcha noturar ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘chirib bo‘lingan va tizim ishlamoqda.

Masala nimada?
Amaldagi tartib bo‘yicha, noturar ko‘chmas mulklar bo‘yicha notarial bitimlar tasdiqlash jarayonida Kadastrga so‘rovi yuboradi va javob kelganidan so‘ng, bitim tasdiqlanadi.
Agar noturar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ilgari qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, huquq 3 kun ichida UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan qaytadan bepul o‘tkaziladi hamda  ma’lumotlar notariusga onlayn  yuboriladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, ma’lumotlar real vaqt rejimida taqdim etiladi.
Hozirgi kunda notariuslar tomonidan ilgari UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklar bo‘yicha 2098 ta so‘rov kelib tushgan, shundan 481 ta ob’yektlar UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, so‘rovga javob qaytarilgan.
Parallel ravishda, so‘rov kelib tushmagan ob’yektlarga bo‘lgan huquqlarni ham UZKAD tizimida qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bunday ob’yektlar bo‘yicha 11 dekabrdan buyon 2016 ta so‘rovlarga real vaqt rejimida javob berilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-