Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yil hosili yig‘im-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fьyuchers kotirovkalari bo‘yicha paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘m atrofida shakllanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasida 2024 yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xomashyosining boshlang‘ich fьyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib, 7 mln 800 ming so‘m miqdorida e’lon qilingan.
- Hukumat jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
- paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
2024 yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuziladi. Bunda paxta xomashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
2024 yil hosilidan fьyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xomashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlang‘ich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida e’lon qilish talab etiladi.
2024 yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosining 20 foizi, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jamg‘arma hamda Markaziy bankning 2024 yil hosili paxta yig‘im-terimini qisqa muddatlarda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 iyuldagi 452-son qaroriga asosan, sog‘lomlashtirilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan 2024 yil hosili bo‘yicha shartnoma (fьyuchers, spot va vaqtincha saqlashda) tuzgan fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, o‘z yer maydonlarida paxta xomashyosi yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Bunda imtiyozli kreditlar elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xomashyosi uchun - 10 oy muddatga, yillik 10 foiz stavkada (2 foiz bank marjasi) paxta qiymatining 20 foizi miqdorida 3 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 7 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan ajratiladi.