Matbuot anjumani o‘tkazildi
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2025-yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
2025-yilning 6 oyi davomida Toshkent shahrida amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2 188 ta holatda 35,8 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangani haqida ma’lumot berildi.
Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p yerga oid huquqbuzarlik Sergeli (241 ta holatda 6,5 gektar), Mirobod (231 ta holatda 1,1 gektar), Mirzo Ulug‘bek (226 ta holatda 3,8 gektar), Yashnobod (214 ta holatda 2 gektar) hamda Olmazor (210 ta holatda 2,9 gektar) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 1 370 ta holatda 14,7 gektar yer qonunbuzilishi fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgani aytib o‘tildi.
16,3 gektar yer maydonlarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga 749 ta da’vo arizalari kiritildi.
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Shiddatbek Abdug‘afforov soʻzlariga koʻra huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 21 ta ish materiali o‘rnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga yuborilgan.