Yana bir mamlakat o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy qildi

Endi Chernogoriya Respublikasiga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqotida ma’lum qilindi.
Vazirlik mutasaddilari va ikki davlatning turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda joriy yilning iyun oyidan boshlab Chernogoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilishi qayd etilgan.
2023-yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar soni 7 milliondan ortishi kutilmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatda 5 mingga yaqin turistlarni joylashtirish maskanlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika bo‘yicha sayyohlarni qabul qiluvchi o‘rinlar soni 100 mingdan ortgan.