1700 nafarga yaqin o‘qituvchi maoshiga qo‘shimcha  5 mln so‘mdan ustama oladigan bo'ldi 

1700 nafarga yaqin o‘qituvchi maoshiga qo‘shimcha  5 mln so‘mdan ustama oladigan bo'ldi 
1700 nafarga yaqin o‘qituvchi maoshiga qo‘shimcha  5 mln so‘mdan ustama oladigan bo'ldi

O‘zbekistondagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1 700 nafarga yaqin o‘qituvchi to‘qqiz oy davomida maoshiga qo‘shimcha tarzda 5 million so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama puli oladi.
Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yana-da qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo‘lib o‘tgan.
Bir necha bosqichda o‘tkazilgan sinovlarda ‘Boshlang‘ich taʼlim’, ‘Aniq va tabiiy fanlar’, ‘Xorijiy tillar’, ‘Ijtimoiy fanlar’ va ‘Amaliy fanlar’ yo‘nalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasi baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5 000 dan ortiq nomzoddan 1 697 nafari vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama olish huquqiga ega bo‘lishdi. Mazkur o'qituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023-yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida yaʼni 5 million so‘m miqdorida ustama oladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-