Facebook va Instagram foydalanuvchilari 12$ ga ko'k ''galichka '' olishlari mumkin

Facebook va Instagram foydalanuvchilari 12$ ga ko'k ''galichka '' olishlari mumkin

Meta bosh direktori Mark Zukerberg Facebook va Instagram foydalanuvchilari uchun foydalanuvchi nomi yonida ko‘k chek olish hamda boshqa xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi "Meta Verified" pullik tekshirish xizmati ishga tushirilganini ma’lum qildi.

Zukerbergning aytishicha, obuna foydalanuvchilarga xakerlik hujumlaridan qo‘shimcha himoya va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga bevosita kirish imkonini beradi.Ushbu yangi funksiya Avstraliya va Yangi Zelandiyada sinovdan o'tkaziladi. Kelajakda u boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Xizmatni olish uchun 18 yoshdan oshgan foydalanuvchilar rasmiy identifikatsiyani taqdim etishlari kerak, uning tafsilotlari hisobdagi ma'lumotlarga mos kelishi kerak.Tekshiruvdan so'ng, hisob nomini, foydalanuvchi nomini, tug'ilgan sanasini yoki fotosuratni qayta tasdiqlamasdan o'zgartirish mumkin bo'lmaydi. Ta'kidlanishicha, yangi xizmatning ishga tushirilishi allaqachon tekshirilgan akkauntlarga ta'sir qilmaydi. 

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-