O‘zbekistonda kelasi yildan boshlab “spravka”, “089 forma” kabi tibbiy ma’lumotlar elektron ko‘rinishga o‘tadi
O‘zbekistonda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu prezidentning “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023-yil 1-iyuldan boshlab elektron shaklga o‘tkaziladi.Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida shu yilning 1-oktabrdan boshlab, respublikaning boshqa hududlarida esa 2024-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi. Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.