Navoiyda tibbiyot sohasida yangi amaliyot yo‘lga qo‘yildi
Travmatologiya va Ortopediya Ilmiy tekshirish instituti mutaxassisi va filial mutaxassislari bilan hamkorlikda RSHTYOIM Navoiy filialida ilk bor tizza bo‘g‘imi kapsula-boylam apparati jarohatlarini Artroskopik usulda tashxislash va davolash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Tizza bo‘g‘imini Artroskopik tashxislash va davolash, avvalo kam invazivligi, aniq tashxislash, bemorlarni erta reabilitatsiyasi va bir qancha afzalliklarga ega.
Kelgusida bunday turdagi amaliyotlar ro‘yxatini kengaytirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.