Sirdaryoda yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti o'tkazildi

Sirdaryoda yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti o'tkazildi
Sirdaryoda ilk marotaba koʻz toʻr pardasida lazer jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Mazkur turdagi amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaz, markaz filial oftalmologlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirildi.

"Lazer jarrohlik amaliyoti ham, koʻz sohasida amalga oshirilayotgan boshqa amaliyotlar kabi oʻta murakkab hisoblanib, koʻz toʻr parda koʻchishi, shishasimon tana va toʻr pardaga qon quyilishi kabi holatlarni oldini olishda, nihoyatda qoʻl keladi. Biroq, ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyotidan soʻng, koʻzning koʻrish oʻtkirligi birdaniga yaxshilanmaydi. Ammo, yaxshi boʻlish uchun, maʼlum bir vaqt mobaynida buyurilgan dorilardan oʻz vaqtida foydalanilib turishga, baʼzi bir cheklovlarga rioya etishga toʻgʻri keladi", — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori, oliy toifali, oftalmolog shifokori Rasul Karimov.

Ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyoti Sirdaryoda koʻz toʻr pardasida muammosi bor, yuqori texnologik amaliyotga muhtoj boʻlgan, 25 nafar fuqaroda muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Bu esa sirdaryoliklar uchun kutilmagan yangilik boʻlib qolmay, turli ovoragarchilik, sarsongarchiliklarni oldi olinishga xizmat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-