Ilk bor robot-jarroh oʻpka transplantatsiyasi amalga oshirildi

Ispaniyaning Barselona shahridagi Vall dʼHebron shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan oʻpka koʻchirib oʻtkazildi.
Operatsiya chogʻida yangi usul qoʻllanildi. Yaʼni, shikastlangan oʻpka koʻkrak qafasini ochmasdan, bemorning toʻsh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, oʻrniga yangisi oʻrnatildi.
Maʼlum qilinishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qoʻli bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning “toʻrtta mohir qoʻli” yordamida uddalangan.
Mutaxassislar ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz va kaminvaziv boʻlib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qoladi, degan xulosaga keldi.