Surxondaryo viloyatini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida Tojikistondan elektr import qilinmoqda

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikistondan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2023-yil 18-yanvar kuni Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz va Boysun tumanidagi elektr energiya iste’molchilari Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari qatori Tojikiston Respublikasining "Regar-500" podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan ta’minlandi.