Nest One majmuasini qurayotgan ishchilar zaharlandi

Nest One majmuasini qurayotgan ishchilar zaharlandi
Nest One majmuasini qurayotgan ishchilar zaharlandi
Toshkent shahridagi Nest One turar joy majmuasini qurish ishlari bilan shug‘ullanayotgan xorijiy kompaniyaning 9 nafar xodimi o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasallandi.
Quruvchilar oziq-ovqat tashkilotlaridan biri tomonidan ob’yektga yetkazib beriladigan mahsulotlarni iste’mol qilgan.
Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruvlari davomida holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlangandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-