Qanday pullar to‘lovga qabul qilinmaydi?

Banknota quyidagi hollarda to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi:
banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan bo‘lsa;
tegishli himoya belgilariga ega bo‘lmagan banknotlar ya’ni qalbaki pullar;
banknotdagi uning nominal qiymatini aks ettiruvchi yozuv va raqamlarni o‘zgartirish orqali hosil qilingan soxta pullar ham to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi.
Yelimlangan banknot qismlari bitta banknotga tegishli bo‘lsa, ya’ni seriya, raqamlari bir xil bo‘lganda “yaroqli pul” sifatida to‘lovga qabul qilinishi lozim. Ayrim hollarda, bir xil nominaldagi, biroq 2 ta banknotning qismlarining bir-biriga yelimlanganini uchratish mumkin. Ya’ni banknot qismlaridagi seriya, raqamlar turlicha bo‘ladi. Ushbu banknotlarning har ikki qismi alohida olinganda, banknot umumiy yuzasi 55 foizidan kam bo‘lsa “to‘lovga yaroqsiz” deb topiladi. Aksincha bo‘lsa, qabul qilinadi.