Vabo kasalligi O'zbekistonga ham kirib keldimi? Undan qanday saqlanish kerak?

Vabo kasalligi O'zbekistonga ham kirib keldimi? Undan qanday saqlanish kerak?
Vabo kasalligi O'zbekistonga ham kirib keldimi? Undan qanday saqlanish kerak?

Suriya, Afrika va Afg’onistonda Vabo kasalligi keng tarqalmoqda. Qo’shni Qozog’iston Respublikasi aholini kasallikdan himoya qilish maqsadida chegara nazoratini kuchaytirdi.
Vabo O’zbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi? Respublikada bu holat qanchalik xavfli?
Ma’lum qilinishicha,  ushbu kasallik  hozirda yurtimizda yo’q. Ushbu infeksiya ko’proq suv va ifloslangan ovqatlar orqali yuqadi.
Vabo daryo suvida 15 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, dengiz suvida 2 hafta, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yog’da 1 oygacha, kartoshkada ikki haftagacha saqlanib turadi. Biroq qaynatilgan suv va boshqa maxsulotlar vabo bakteriyalarini tez o’ldiradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu kasallikning eng asosiy belgisi — o’tkir diareya hisoblanadi. U odamdan odamga ko’p hollarda suv orqali yuqadi. Shu bois ham yurtimizda mavjud ichimlik va ochiq suv havzalari doimiy ravishda mutahassislar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-