O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda.

O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda.
O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda. Ish haqi $863gacha
Fuqarolar mehmonxonalarning qabul bo‘limida, barmen hamda ofitsiant sifatida, shuningdek, boshqa yo‘nalishlarda ishlashlari mumkin.
O‘zbekistonliklar Turkiyaga xizmat ko‘rsatish sohasidagi mavsumiy ishlarga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar Antaliyasidagi 5 yulduzli mehmonxonalarda mavsumiy — 6−8 oylik ishlarda ishlashlari mumkin.
Oylik maosh — $632dan $863gacha. Vakansiyalar soni 1 200tani tashkil etadi.
Rus, ingliz yoki turk tillaridan birini biladiganlar uchun:
resepshn (qabulxona xodimi);
xostes (mehmonxona xodimi);
barmen;
ofitsiant.
Til bilish talab qilinmaydi:
oshxona ishchisi;
xona tozalovchi;
bog‘bon.
Nomzodlar 19−45 yosh oralig‘ida, soha bo‘yicha ish tajribasi ega hamda sudlanmagan bo‘lishi kerak. Yashash joyi, 3 mahal ovqat ish beruvchi hisobidan ta’minlanadi.
Talabgorlar havola orqali ariza jo‘natishlari mumkin.

Комментарии (1)

НОДИРЖОН АМИРОВ
0
НОДИРЖОН АМИРОВ
Я сваршик 5 лет опт есть 
Ответить
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-