Sof oltindan ishlab chiqilgan iPhone taqdim etildi
Qimmatbaho ashyolardan smartfonlar va boshqa yengil qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Caviar kompaniyasi (Rossiya) oltin qopqoqli shahona iPhone smartfonini taqdim etdi.
iPhone 16 Pro Max smartfonining eksklyuziv nusxasi 750 probali oltindan yasalgan, og‘irligi 1 kilogrammdan oshadi, narxi — 21 mln rubl (salkam 210 ming dollar).
Caviar kompaniyasi bir necha modellar hisobiga Corona turkumini kengaytirdi. Ularning eng asosiysi va qimmati — «Buyuk, Grozniy, Muhtasham» deb nomlangan iPhone 16 Pro Max flagmani. Bu smartfon to‘liq 750 probali oltindan ishlangan. Brilliant, yoqut va sapfirlar bilan bezalgan hajmdor Caviar tojida taniqli hukmdorlar (Buyuk Karl, Ivan Grozniy, Sulton Sulaymon)ning tojlaridagi elementlar aks etgani uchun shohona ko‘rinishga ega.
Qolaversa, Caviar turkumidan Shveysariya soatlari estetikasidan ilhom olib yasalgan uchta smartfon joy oldi.
Caviar turkumiga kiruvchi smartfonlar narxi 549 mingdan 21 mln (oltindan yasalgani) rublgacha.